» » “Qari bilganni pari bilmas”. A Seriyaning qarishni bilmaydigan hujumchilari haqida

“Qari bilganni pari bilmas”. A Seriyaning qarishni bilmaydigan hujumchilari haqida


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi “qirchillama” yoshdagi hujumchilar uchun to‘la mos kelishi ko‘p yillardan beri ta’kidlanib kelinadi. Bu stereotip yoki aksinchaligi haqida yuz foiz aniq fikr bildirib bo‘lmaydi. Zamonaviy futbolning asosiy yulduzlaridan biri Krishtianu Ronaldu ham 33 yoshida A Seriyaga kelishga qaror qilgani bejiz emas. Va hozir u Italiya chempionati to‘purari bo‘lib turibdi. Quyida 33 yoshdan so‘ng A Seriyada gollar urishdan to‘xtamagan futbolchilar haqida so‘zlashamiz:

Fabio Kvalyarella

Bu maqolaning dunyoga kelishiga ham qaysidir ma’noda Fabio asosiy sababchi. Ayni damda 36 yoshga qadam qo‘ygan Kvalyarella joriy mavsum “Sampdoriya” safida A Seriyaning 20 ta o‘yinida qatnashib, 16 ta gol urdi va to‘purarlar poygasida Ronaldu hamda Zapataga asosiy raqobatchi bo‘lib turibdi. Fabio ketma-ket uch mavsumdan beri A Seriyada 9 tadan kam gol urmayapti. Biz mamlakat yuqori divizionida 2000-yilda debyut qilgan futbolchi haqida gapirayotganimizni unutmasligimiz kerak. U gollarni faqat penaltidan urayotgani yo‘q. Fabio joriy mavsumda bir emas, ikki golni tovoni bilan kiritishga erishdi.

Antonio di Natale

Antonio di Natale qachondir yosh yoki qari hisoblanmagan. U doimo shunchaki — Antonio di Natale bo‘lgan. U keksalik jarayoni haqida eshitgan, ammo bunga o‘zi “deyarli” boshdan kechirmagan. Antonio 30 yoshga to‘lgandan so‘ng A Seriyada 150 ta gol urdi. Shunchaki daxshat! 35 yoshga to‘lganda esa chempionatning 33 ta o‘yinida 23 ta gol urgan. Keyingi ikki yilda esa yana 31 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ya olgan. Di Natale futbol bilan gol urgan holda xayrlashgan. U so‘nggi golini penaltidan o‘zidan 14 yosh kichik bo‘lgan Simeone Kolombi darvozasiga kiritgandi.

Roberto Badjo

1994-yilgi Jahon chempionatidagi omadsizlikka qaramay Roberto Badjo 10 yil davomida futbol muxlislarini o‘z gollari bilan xursand qilishda daovm etdi. U 2004-yil faoliyatini “Breshia” safida yakunladi. U ketma-ket 8 ta mavsumda 9 tadan kam gol urmagan. Uning so‘nggi goli A Seriyada “Breshia”ga “Latsio” ustidan g‘alaba keltirgandi. O‘shanda Badjo “atigi” 37 yoshda edi.

Miroslav Kloze

JCh—2014 chempioni “Latsio”ga kelganda 33 yoshni urib qo‘ygandi. Ammo italiyalik muxlislar uning yoshidan hech ham xavotirga tushmadi, aksincha, “Bavariya” muxlislari biroz xafa bo‘lgandi. Boisi, Kloze JCh—2014 da 4 ta gol urib, mundiallarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingining yuqorisiga ko‘tarilgandi. Miroslav Rimga shunchalik tez moslashib ketdiki, u muxlislarni yoshi haqida umuman o‘ylamaslikka majbur qila oldi. Futbolchi ketma-ket uch mavsumda 9 tadan kam gol urmadi. 35 yoshga kirgan har qanday futbolchi ham bitta o‘yinda beshta gol ura olmaydi. Ammo Kloze “Latsio”da buni uddalay olgan. U “Bolonya” darvozasiga beshta gol urib, penta-trik qayd etgandi.

Alessandro del Pyero

Del Pyero hozir 44 yoshda. Ammo hozir ham A Seriyada maydonga tushadigan bo‘lsa, ko‘plan gol ura oladigandek… “Yuventus” afsonasi o‘zining 33 yoshini qarshilagan mavsumda 20 ta gol urgandi. Bir yil o‘tib esa mavsumni 21 ta gol bilan yakunlagan. “Yuve” safida so‘nggi golini urgan afsona 37 yoshga kirgandi. Shundan so‘ng futbolchi “Sidney”, “Deli Daynamos” kabi klublarda o‘ynadi.

Dario Ubner

Yana bir qarimas futbolchilardan biri Dario Ubner edi. Ko‘p yillar davomida quyi divizionlarda faoliyat olib borgan Ubner A Seriyaning 2001/02-yilgi mavsumida “Pyachentsa” safida chempionat to‘purari bo‘lishga erishdi. O‘shanda Dario “endigina” 35 yoshga kirgandi. Bir yil oldin bo‘lsa, 17 ta goli bilan “Breshia”ga ko‘maklashib yuborgandi. Keyingi mavsumda esa Ubner “Pyachentsa”da 14 ta gol uradi, biroq jamoa B Seriyaga tushib ketadi.

Luka Toni

Ubnerning rekordini A Seriyada 10 yilda ortiq vaqt mobaynida hech kim yangilay olmadi. JCh—2006 chempioni Luka Toni esa buni uddalay oldi. U “Bavariya”dagi sarguzashtlaridan so‘ng yana Italiyaga qaytadi. Shundan so‘ng bir necha jamoalarda to‘p suradi. Ammo eng ko‘p golni “Verona” safida uradi. Ketma-ket 2 mavsumda 20 tadan gol. 2015-yilda esa Toni A Seriyada 22 ta to‘p kiritgandi. O‘sha mavsum Mauro Ikardi ham 22 ta gol urgandi. Tonining so‘nggi gollaridan biri “Yuventus” jamoasi darvozasidan joy qilgan. U o‘shanda 38 yoshda edi.

Franchesko Totti

“Imperator” 40 yoshga to‘lgunga qadar “Roma”ga sodiq qoldi. Faoliyati so‘ngida maydonda kamdan kam ko‘rinish bergan bo‘lsa-da, uni Rimda ham undan tashqarida ham barcha birdek hurmat qilardi. 2012-yilda Totti 36 yoshni qarshilagan vaqtda A Seriyada 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

FootballHD’dan Asror Abdunazarov tarjimasi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют