» » “Manchester Yunayted” portugaliyalik yosh yulduz uchun 113 mln yevro to‘lashga tayyor

“Manchester Yunayted” portugaliyalik yosh yulduz uchun 113 mln yevro to‘lashga tayyor


“Benfika” yarim himoyachisi Joau Feliks joriy yilning yozida boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

“Manchester Yunayted” 19 yoshli xavbekning so‘nggi uchrashuvlarini kuzatib bordi va uning o‘yinidan ko‘ngli to‘lgan. “Benfika” o‘z yulduzini 113 million yevrodan kam mablag‘ga sotishni istamayapti.

Manbada yozilishicha, “qizillar” Joau Feliks uchun shuncha mablag‘ to‘lashga tayyor.

Shuningdek, yosh iste’dodga “Barselona”, “Real” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Joau Feliks “Benfika” tarkibida barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 8 ta golga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют