» » Gulistonda endi bo‘lajak kelin-kuyovlar 16 soatlik maxsus kurslarda o‘qiydi

Gulistonda endi bo‘lajak kelin-kuyovlar 16 soatlik maxsus kurslarda o‘qiydi


Guliston shahridagi “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da o‘quv kurslari boshlandi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

— Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” mustahkam va namunali oilalar ko‘payishiga sezilarli hissa qo‘shishiga shubha yo‘q, — deydi mazkur “Nikoh uyi” mudirasi Lola Muratova. — Bu yerda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar uchun oilaviy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti, ro‘zg‘or va budjetini yuritish, oiladagi ijtimoiy muhim, nikoh munosabatlari, sog‘lom turmush tarzi, gender masalalari, oilaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish va nizolarning oldini olish, muloqot madaniyati, huquqiy munosabatlar, oilani idora etish kabi masalalar yuzasidan mahorat darslari o‘tiladi. Mavjud o‘quv dasturlaridagi ma’lumotlar ilmiy-uslubiy jihatdan, ya’ni milliy qadriyatlar asoslarining zamonning fan va jamiyat taraqqiyoti tendensiyalari bilan, psixologiya va boshqa ijtimoiy-huquqiy sohalardagi yangiliklari – innovatsiyalari bilan uyg‘un holda amalga oshiriladi.

Innovatsion maktabda FHDYo bo‘limlariga nikoh uchun ariza topshirganlardan tashqari turmush qurishni rejalashtirayotgan yigit-qizlar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari uchun qisqa muddatli axborot sessiyalari ham tashkil etiladi. Qizlar uchun “Oila” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Oila” mobil ilovasi, kelin-kuyovlarga esa “Mustahkam oilaga yo‘llanma” yon daftarchalari taqdim qilinadi. Shuningdek, masofadan o‘qitish va maslahat berish shakllari ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin –qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida “Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют