» » Ignatiy Nesterov doping sabab futboldan chetlatildimi?

Ignatiy Nesterov doping sabab futboldan chetlatildimi?


Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining Telegram’dagi kanalida O‘zbekiston terma jamoasining darvozaboni Ignatiy Nesterov taqiqlangan moddalar ist’emol qilganlikda gumonlanib, OFK tomonidan chetlatilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi.

“Saudiya Arabistonidan bir vaqtning o‘zida ham noxush va tushunarsiz yangilik kelib tushdi. Hamkasblarimizning yozishicha, “Al-Uhud” klubi ayni damda mamlakat futbol federatsiyasidan o‘zbekistonlik Ignatiy Nesterov o‘rniga boshqa darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat kutmoqda. Aytilishicha, “Nesterov, Osiyo Kubogi vaqtida O‘zbekiston terma jamoasi safida taqiqlangan moddalarni qabul qilgani uchun OFK tomonidan chetlatilgan”. Hozircha, OFK saytida Nesterov haqida bir og‘iz ham gap-so‘z yo‘q. Va hozirda to‘laqonli jazolash yoki vaqtinchalik chetlatish haqida gap ketyaptimi, bu ham tushunarsiz”,—deb yozadi Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, Nesterov yaqindagina “Uhud” safiga borib qo‘shilgandi. U klub safida 2 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta g‘alabaga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют