» » Toshkentda psixotrop dori vositalari joylangan xalqaro pochta jo‘natmalari to‘xtatib qolindi

Toshkentda psixotrop dori vositalari joylangan xalqaro pochta jo‘natmalari to‘xtatib qolindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar Yu.I., A.A., B.A. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda “CN22” shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 300 dona “Fenazepam”, “Lorazepam” hamda “Oksazepam” psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabarida aytiladi.

Shuningdek, mazkur post xodimlari tomonidan fuqarolar O.K., B.N.,O.F. nomiga kelgan pochta jo‘natmalari orasidan esa 204 dona “Tramadol”, “Andipal”, “Rokatset plyus” kabi psixotrop tabletkalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xalqaro pochta konvensiyasiga asosan, pochta jo‘natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat’iyan taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют