» » Namanganda yangilangan temir yo‘l vokzali foydalanishga topshiriladi

Namanganda yangilangan temir yo‘l vokzali foydalanishga topshiriladi


Namanganda temir yo‘l vokzalini yangidan qurish bo‘yicha bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

3 qavatdan iborat bino qurilishi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida “Boshtransloyiha” tomonidan loyihalashtirilgan. Qurilish-montaj ishlariga “Qurilish universal kompakt servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari jalb etilgan.

Zamonaviy arxitektura yechimlari asosida bunyod etilayotgan vokzal kundan-kunga o‘ziga xos ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Qurilishga 100 nafardan ortiq ishchi-xodim va o‘nlab zamonaviy texnika jalb etilgan. Ayni kunlarda barcha qavatlarda joylashgan xonalarda qurilish-montaj jarayoni yakunlanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Perron ham zamonaviy tarzda kengaytirilyapti.

Yangi vokzal ishga tushirilgach, bir vaqtning o‘zida 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Bu yerda kutish va VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, umumiy ovqatlanish maskani hamda savdo shaxobchalari tashkil qilinadi. Yuqori qavatga ko‘tarilish uchun zamonaviy liftlar o‘rnatiladi. Shuningdek, kutish zallarida yo‘lovchi poezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, Wi-Fi internet tizimi, elektron kutubxona joriy etiladi.

Vokzaldagi qurilish ishlari barobarida uning yon tomonida joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasi ham qayta ta’mirlanmoqda. Mehmonxona 5 qavatdan iborat bo‘lib, birinchi hamda ikkinchi qavatlardan vokzalning ma’muriy binosi o‘rin oladi. Temir yo‘l chiptaxonasi ham mehmonxona hududida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют