» » Qo‘qonda Milliy gvardiya xodimining tekshiruv chog‘ida uyushtirgan nayrangi fosh bo‘ldi. Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlangan (video)

Qo‘qonda Milliy gvardiya xodimining tekshiruv chog‘ida uyushtirgan nayrangi fosh bo‘ldi. Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlangan (video)


15-fevral kuni Telegram’dagi “Exo Uzbekistana” kanalida Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv tasvirlangan anonim video e’lon qilindi, deb yozadi UZ24.

Video muallifining aytishicha, tekshiruv Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘ngilochar joylardan birida o‘tkazilgan. Avvaliga Milliy gvardiya xodimi binoning karaoke xonasiga kirib, yostiq ostiga pichoq qo‘yib xonadan chiqib ketadi. Keyin hamrohlari bilan shu xonaga yana kirib, tintuv o‘tkazadi va pichoqni “topib oladi”. Shu tariqa muassasa egasini taqiqlangan buyum topilgani uchun ayblashadi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarov UZ24’ga ma’lum qilishicha, mazkur voqea 14-fevral kuni sodir bo‘lgan. Videodagi yigit haqiqatan ham Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi — F.Sh. Rahbariyat holat bo‘yicha o‘sha vaqtning o‘zidayoq xabardor qilingan.

“Ayni vaqtda xizmat tekshiruvi boshlangan. Xodim F.Sh.ga nisbatan qattiq jazo chorasi qo‘llaniladi va safimizdan chetlashtiriladi”, – dedi D. Jumanazarov.

“Fuqarolarimiz e’tirozlariga sabab bo‘luvchi salbiy xatti-harakatlar sodir etgan harbiy xizmatchilarga Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan qattiq choralar ko‘riladi. Milliy gvardiya saflarida yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi uchun fidoiy xizmat qilish harbiy xizmatchilarga uqtiriladi va bunga amal qilinishi qattiq talab qilinadi”, – qo‘shimcha qildi matbuot xizmati rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют