» » Germaniyada ikkinchi jahon urushi davridagi bomba tufayli 8 ming kishi evakuatsiya qilindi

Germaniyada ikkinchi jahon urushi davridagi bomba tufayli 8 ming kishi evakuatsiya qilindi


Germaniyaning Dyusseldorf shahrida ikkinchi jahon urushi davridagi bomba aniqlanishi tufayli 8 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Rheinische Post nashriga ko‘ra, gap AQSh aviatsiya bombasi haqida ketmoqda. Yarim tonna og‘irlikdagi xavfli qurilma 8-mart, chorshanba kuni kechki payt Teodor ko‘chasida topildi.

Bomba aniqlanishi munosabati bilan bir kilometr radiusdagi uylarda yashovchi 8 ming kishi, shuningdek, hodisa joyi yaqinidagi mehmonxonaning 250 nafar mijozi evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya hududidagi kompaniyalar ofislari vaqtincha yopildi. 

Bomba 9-mart, payshanba, kunning ikkinchi yarmida Dyusseldorf o‘q-dorilar utilizatsiyasi xizmati tomonidan zararsizlantirilishi bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют