» » Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda robototexnikani yo‘lga qo‘yadi

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda robototexnikani yo‘lga qo‘yadi


O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov Kuala-Lumpurda TXMR kompaniyasi ijrochi direktori Tengku Farid bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kompaniya nafaqat Malayziyada, balki Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida sanoatni avtomatlashtirish va robotlar tayyorlash bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi. Yevropa va Osiyodagi yetakchi korporatsiyalar TXMR sheriklari hisoblanadi.

Uchrashuvda xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda O‘zbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalarni ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida kompaniya rahbariyatining robototexnika bo‘yicha qo‘shma korxona tuzish masalalarini muhokama qilish uchun aprel oyida O‘zbekistonga kelishi yuzasidan kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют