» » “Namangan go‘zali” ko‘rik-tanlovi g‘olibi aniqlandi

“Namangan go‘zali” ko‘rik-tanlovi g‘olibi aniqlandi


“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan viloyat Kengashi tashabbusi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”   bayrami munosabati bilan Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari qizlari o‘rtasida “Namangan go‘zali” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Temurmalik Vohidov “Daryo” nashriga ma’lum qildi.

Tanlovning asosiy maqsadi, qizlarning jamiyat va davlat qurilishidagi faolligini oshirish, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, ularni siyosiy, huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish hamda viloyat qizlarining iste’dodlarini har tomonlama namoyon etishiga qaratilgan.

Mazkur tanlovda ishtirok etgan qizlar to‘rtta shart bo‘yicha bellashdi.

Tanlovning so‘nggi natijalariga ko‘ra Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabasi Azizova Sadaf Farhodali qizi Namangan go‘zali nominatsiyasining g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovda ishtirok etgan qizlar “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi hamda hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют