» » Buyuk Britaniyada kamyob albinos-olmaxon suratga olindi

Buyuk Britaniyada kamyob albinos-olmaxon suratga olindi


Buyuk Britaniyada yashovchi suratkash Linkolnshir ingliz grafligi hududida kam uchraydigan albinos-olmaxonni suratga oldi, deb yozadi Independent.

Laut shahridan bo‘lgan yovvoyi tabiat suratkashi Stiven Plant (Stephen Plant) ko‘ktorg‘oqlar oilasiga mansub qushni suratga olish uchun payt poylab turgan vaqtda kamyob rangdagi kemiruvchini ko‘rib qolgan.

“Uni ko‘rib qolganimda ko‘zlarimga ishonmagan edim”, — deydi 60 yoshli suratkash.

“U juda sekin yaqinlashdi. Avvaliga uni kalamush deb o‘yladim, ammo momiq dumini ko‘rib hayratdan dong qotdim. Men undan 30 metr uzoqda turgan edim, lekin u umuman xadiksiramadi. Sekin asta yurib bordi va birdan bir necha soniyaga to‘xtab qoldi. Bu menga bir necha omadli tasvirlar olishga imkon berdi”, — deydi u.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada atigi 50 ta shunday olmaxonlar yashaydi. Ularning kam uchraydigan rangi melanin moddasi yetishmasligi bilan bog‘liq. Shu sababli terisi, tuklari va ko‘zlari oq rangli tusga kiradi. Albinos-olmaxonni ko‘pincha keng tarqalgan ochroq rangdagi olmaxonlar bilan adashtirishadi. Biroq ular ko‘zlari to‘q rangda ekanligini bilan albinos olmaxonlardan farqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют