» » Angliya Kubogi. “Manchester Siti” bugun 1/4 final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Angliya Kubogi. “Manchester Siti” bugun 1/4 final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi


16-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/8 finali doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogining dastlabki nimchorak bahsida “Uotford” mehmonda KPRni kichik hisobda mag‘lub etdi (1:0). O‘yindagi yagona gol 45-daqiqada Etyen Kapue tomonidan kiritildi. Shu tariqa “Uotford” birinchilardan bo‘lib, chorak finalga chiqdi.

Musobaqa favoritlaridan biri Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi Angliyaning 3-divizionida to‘p suradigan “Nyuport Kaunti” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

18-fevral, dushanba kuni mazkur bosqichning markaziy o‘yini Londondagi “Stemford Brij” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” klubi Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” jamoasi bilan jang qiladi. Bellashuvga tungi vaqt bilan soat 00:30 da start beriladi.

Angliya Kubogi

1/8 final bahslari

15-fevral, juma

Gol: 0:1 — 45 Kapue.

16-fevral, shanba

17-fevral, yakshanba

18-fevral, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют