» » Orol dengizining qurigan tubida barpo etiladigan o‘rmonzorlarga 2019-yilda 100 mlrd so‘m ajratiladi

Orol dengizining qurigan tubida barpo etiladigan o‘rmonzorlarga 2019-yilda 100 mlrd so‘m ajratiladi


Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda ‘yashil qoplamalar‘ — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Qarorda ta’kidlanishicha, dengiz qurishi va sho‘rlanishning tezlashuvi oqibatida so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan Orolqum sahrosi paydo bo‘ldi.

Qarorga muvofiq, Orol dengizining suvi qurigan tubida himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Himoya o‘rmonzorlari barpo etish uchun 2019-yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 milliard so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil davomida jami 500 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют