» » Sardor Rashidov het-trikka erishgan o‘yinda “Nasional” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Sardor Rashidov het-trikka erishgan o‘yinda “Nasional” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


16-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Portugaliya chempionatining 22-turi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Nasional” klubi o‘z maydonida “Feyrensi” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 12, 54, 67-daqiqalarda “Lokomotiv” sobiq o‘yinchisi, o‘zbekistonlik Sardor Rashidov raqib darvozasini ishg‘ol qildi va het-trikka erishdi. O‘yindagi so‘nggi golga Sardorning jamoadoshi Brayan Roches mualliflik qildi (80).

Shu tariqa “Nasional” klubi Sardor Rashidovning het-triki evaziga “Feyrensi”ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Primeyra Liga

22-tur bahsi

16-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 12 Rashidov, 2:0 — 54 Rashidov, 3:0 — 67 Rashidov, 4:0 — 80 Roches.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют