» » Rishtonning “Yoyilma” mahallasida aka-uka bir bo‘lib ota-o‘g‘il bilan mushtlashdi

Rishtonning “Yoyilma” mahallasida aka-uka bir bo‘lib ota-o‘g‘il bilan mushtlashdi


Farg‘ona viloyatining Rishton tumani “Yoyilma” mahallasida yashovchi M.N. va ukasi O.M. 13-fevral kuni “Navbahor” mahallasida tanishlari — Tinchlik ko‘chasida yashovchi A.O. va uning o‘g‘li bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotiga ko‘ra, to‘rt kishi o‘zaro janjal davomida mushtlashib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.

Janjal davomida O.M. qo‘llari bilan A.O.ni urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Natijada A.O. kasalxonaga yotqizilib,. O.M. qo‘lga olingan.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют