» » A Seriya. Pyontekning dubli “Milan”ga navbatdagi g‘alabani taqdim qildi (video)

A Seriya. Pyontekning dubli “Milan”ga navbatdagi g‘alabani taqdim qildi (video)


16-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 24-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” klubi mehmonda “Atalanta”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Remo Froyler hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib Kshishtof Pyontek hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 55-daqiqasida Xoqon Chalxano‘g‘lu jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Oradan 6 daqiqa o‘tib Kshishtof Pyontek 2-golga mualliflik qilgan Xoqon Chalxano‘g‘lu uzatmasini golga aylantirdi va dublga erishdi (3:1).

Shu tariqa milanliklar safarda “Atalanta” klubi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

“Parma” esa “Kalyari” maydoniga safar qilib, 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

A Seriya

24-tur bahslari

16-fevral, shanba

Gollar: 0:1 — 40 Kuchka, 1:1 — 66 Pavoletti, 2:1 — 85 Pavoletti.

Gollar: 1:0 — 33 Froyler, 1:1 — 45 Pyontek, 1:2 — 55 Kalxano‘g‘lu, 1:3 — 61 Pyontek.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют