» » Rossiyadagi eng mashhur qizaloq suratga tushish uchun Gollivudga taklif qilindi

Rossiyadagi eng mashhur qizaloq suratga tushish uchun Gollivudga taklif qilindi


“Vesti.ru” ma’lum qilishicha, Marta Timofeyeva 9 yoshda, ammo u reklama va kinolarda suratga tushish nimaligini yaxshi biladi.

Qizaloq uch yoshigacha jurnallarning muqovalari va reklamalar uchun suratga tushgan. Keyin Martani kinoga taklif qila boshlashgan.

To‘qqiz yoshigacha u 47 ta film va teleko‘rsatuvda suratga tushgan.

U allaqachon Amerikaning “Welcome to Mercy” filmida ham rol ijro etishga ulgurgan.

Hozir uni rejissor Tommi Bertelsen yangi filmda suratga tushish uchun Gollivudga taklif qilgan.

Martaning onasi — Katta teatr balerinasi Anna Rebeskaya, otasi esa harbiy orkestr musiqachisi Andrey Timofeyev.

Ular qizlarining har qanday istagini qabul qilishga tayyor, undan albatta aktrisa bo‘lish talab etilmaydi.

Hozircha Martaning olgan gonorar pullari uning kelajagi uchun yig‘ib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют