» » Qoraqalpog‘istonda xonadonlarga is gazi detektorlari o‘rnatilmoqda

Qoraqalpog‘istonda xonadonlarga is gazi detektorlari o‘rnatilmoqda


Qoraqalpog‘istonda xonadonlarga is gazi tarqalishida xabardor qiluvchi vosita — is gazi detektorlari o‘rnatilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

—Yangi turar joylar qurilishida qo‘llashga mo‘ljallangan is gazi tarqalishida xavfsizlikni ta’minlovchi qurilmalar keltirilmoqda, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Azamat Davletov. — Bu qurilma universal himoya vositasi bo‘lib, yonuvchi metan, propan, butan va zaharli is gazlarini avtomatik tarzda aniqlab, belgilangan miqdori ortib ketgan taqdirda maxsus klapan orqali gazni tarmoqdan uzib qo‘yadi. Natijada xonaga ortiqcha gaz to‘planishiga yo‘l quyilmaydi. Ushbu uskuna sizib chiqqan gaz xavfi bartaraf etilgunga qadar ogohlantiruvchi ovozli signal berib turadi. Qurilma elektr energiyasi bilan ishlaydi. Agar elektr ta’minoti uzilgan taqdirda, o‘zidagi akkumulyator yordamida 24 soatgacha mustaqil, ya’ni elektr energiyasiz uzluksiz ishlashi mumkin.

Hududda amalga oshirilayotgan ushbu tadbir Prezidentning 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorda 2022-yil 31-dekabrga qadar yangi turar joylar gazoanalizatorlar bilan jihozlanishi kerakligi ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют