» » “Oltin humo” milliy kinotaqdimotida nima uchun 2017-yilda suratga olingan filmlar ham qatnashadi? (video)

“Oltin humo” milliy kinotaqdimotida nima uchun 2017-yilda suratga olingan filmlar ham qatnashadi? (video)


O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida Matyoqub Matchonov  har yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Oltin humo” milliy kino taqdimotida nima sababdan 2017—2018-yillarda suratga olingan filmlar ko‘rib chiqilishiga oydinlik kiritdi.

‘Oltin humo’ milliy kinotaqdimoti nizomiga ko‘ra, taqdimot yil davomida suratga olingan filmlar uchun o‘tkazilishi kerak edi. Bu yil kinotaqdimot ilk marotaba o‘tkazilayotganini hisobga olib, biz 2017-yilda suratga olingan filmlarni ham kinotaqtimotga qo‘shdik. Chunki ko‘plab kinoijodkorlar ham bu borada ‘2017-yilda ishlangan filmlarni ham taqdimotga qo‘shsak’, degan takliflarni kiritishdi. Takliflarni o‘ylab ko‘rib, taqdimot  2017—2018-yillardagi filmlarni qamrab olishini belgiladik. Keyingi yildan boshlab, har yili bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan filmlar bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tadi.

Matyoqub Matchonov, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “Milliy” telekanali hamkorligida 2019-yilning 10-aprel kuni “Oltin humo” kinotaqdimoti bo‘lib o‘tadi. Kinotaqdimotda 2017-yil 1-yanvaridan 2018-yil 31-dekabrga qadar premyerasi bo‘lib o‘tgan davlat va nodavlat studiyalarining to‘liq metrajli badiiy, hujjatli, animatsion filmlari qatnashishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют