» » Amerikaliklarning aksariyati Tramp Twitter’dan kamroq foydalanishi zarur deb hisoblaydi

Amerikaliklarning aksariyati Tramp Twitter’dan kamroq foydalanishi zarur deb hisoblaydi


Amerikaliklarning aksariyati AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter mikrobloglari ijtimoiy tarmog‘idagi faolligini kamaytirishi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda USA Today gazetasi va National poll tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, unda qatnashganlarning kamida 59 foizi “Tramp shuncha tvit yozishni to‘xtatishi lozim” degan fikrda. Shu bilan bir paytda so‘rovnoma ishtirokchilarining 28 foizi “tvitlar amerikaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishning yaxshi usuli” deb hisoblaydi.

So‘rov, shuningdek, AQSh fuqarolarining Trampning liberal OAVlar haqidagi fikriga nisbatan munosabatini ham ko‘rsatdi. Davlat rahbari ularni xalq dushmani deb atagan edi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 59 foizi Oq uy rahbarining fikriga qo‘shilmadi. Ulardan 42 foizi OAVlar Trampga nisbatan yanglish va adolatsiz munosabatda bo‘layapti degan fikrda.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют