» » Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga o‘zini loyiq deb topdi

Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga o‘zini loyiq deb topdi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq deb topdi. Ammo uni ololmasligini qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

“Men hech qachon bu mukofotni olmayman. Mayli. Ular mukofotni Obamaga (AQShning sobiq prezidenti) bergan. Obama esa nega olganini ham bilmaydi”, — deydi Tramp jurnalistlarga.

Oq Uy rahbaridan jurnalistlar Vyetnamda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan muzokaralar chog‘ida qanday kelishuvlarga erishishni kutayotganini so‘ragan. Tramp o‘z xizmatlarini sanab turib, KXDR va uning rahbari Kim Chen In bilan munosabat o‘rnatganini, bu bilan esa Suriyaning Idlib shahridagi tinch aholini o‘limining oldini olganini aytgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga uning nomzodini ko‘rsatgan.

Donald Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatish g‘oyasi uning tarafdorlari tomonidan 2018-yilning bahorida keng muhokama qilingan. 2018-yil may oyida bir guruh Respublikachilar Kongress a’zolarini Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishgan. Deputatlar Nobel qo‘mitasiga yuborgan maktubida Tramp “Shimoliy Koreyaga zudlik bilan bosim o‘tkazishgani, uni noqonuniy harbiy dasturini to‘xtatishga majbur qilgani, mintaqada tinchlik o‘rnatgani” haqida yozgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют