» » Eron Isroil bilan urush xavfi yuqoriligi haqida ogohlantirdi

Eron Isroil bilan urush xavfi yuqoriligi haqida ogohlantirdi


Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Isroil va AQShning harakatlari Yaqin Sharqda urushga olib kelayotganligini ma’lum qildi. TIVning rahbari bu haqda 17-fevral, yakshanba kuni Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

“Albatta, ba’zi odamlar urushga intilmoqda… Isroil”, — dedi Zarif.

U Isroilni Suriyadagi bombardimonlar uchun xalqaro huquqni buzishda aybladi va Yevropani harakatsizligi uchun tanqid qildi. “Urushning yuzaga kelish xavfi yuqori. Xalqaro huquqning buzilishiga ko‘z yumishda davom etsangiz bu tahdid yanada oshadi”, — dedi vazir.

Eron TIV rahbari fikricha, AQSh ham Isroil kabi xalqaro huquqni buzmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют