» » Uchtepa tumani deputati to‘y korteji mashinalarining stroboskop va sirena yoqib yurishini tanqid qildi

Uchtepa tumani deputati to‘y korteji mashinalarining stroboskop va sirena yoqib yurishini tanqid qildi


Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashining deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari o‘rinbosari Nuriddin Zaynitdinov yo‘llardagi o‘zboshimchalik holatlarini tanqid qildi. Deputatning bu haqdagi posti “Fayzbog‘Uz” Telegram-kanaliga joylandi.

Oxirgi kunlarda o‘zboshimchalik bilan, tegishli ruxsatsiz avtomobil oynalarini 100 foiz qoraytib, stroboskop (yalt-yalt etib yonuvchi ko‘k-qizil mayoqchalar), sirena va ovoz kuchaytirgichlarni o‘rnatib olib, o‘z qoidabuzarligini shu orqali yashirishga, o‘zini hammadan ustun ekanligini ko‘rsatishga urinuvchi, o‘zini yuqori tutuvchi haydovchilarimiz ko‘payib ketmoqda.

To‘yga yuruvchi mashinalarni stroboskop va sirena yoqib kortej bo‘lib yurishi urfga kirmoqda.

Shuningdek, ayrim tashkilotlarning xodim va mansabdorlari tezkor xizmatlarga aloqador bo‘lmasalar-da, xizmat yoki shaxsiy avtomobillariga ruxsatsiz stroboskop o‘rnatib, yo‘llarda harakat vaqtida avariya holatlarini yuzaga keltirib, stroboskop yoqib, bepisandlik bilan yondashayotgani, o‘z amalini suiiste’mol qilayotgani tashvishli holatdir.

Stroboskop o‘rnatib, uni yoqib yurish faqatgina operativ mashinalarga, xizmat vaqtidagina mumkinligini ko‘pchilik unutib qo‘ydi.

Bu holatlar IIV YHXBBning ham nazoratidan chetda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют