» » Xitoyda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda

Xitoyda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda


Joriy yilning ilk oylaridan boshlab Xitoy Xalq Respublikasining ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning turizm salohiyati va milliy mahsulotlarining faol targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi, deb yozadi O‘zA.

Xususan, to‘rt yuz ming kishidan ortiq a’zosi bo‘lgan weixin.qq.com saytida O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan “O‘zbekistonga vizalar yana soddalashtirildi! ye-vizaning bir nechta turlari joriy etildi!” nomli maqola chop etildi.

Maqolada, soddalashtirilgan viza olish tartibi joriy etilgani va O‘zbekiston xavfsiz mamlakat sifatida e’tirof etilgani sayyohlar oqimining ortishiga sabab bo‘layotgani haqida so‘z boradi.

Shuningdek, xabarda O‘zbekiston elektron vizasiga murojaat etish tartibi va arizani qanday to‘ldirish kerakligi hamda qaysi mamlakat fuqarolari vizasiz kirishi mumkinligi bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar keltiriladi.

Mazkur nashrda kelgusida yana “O‘zbekiston, bir makon — bir yo‘l konsepsiyasi”, “Samarqand vaqtini his eting”, “O‘zbekiston poytaxti Toshkent” kabi bir qator maqolalar chop etilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют