» » Fotogalereya: “Buvilar uchun maktab”

Fotogalereya: “Buvilar uchun maktab”


Hindistonda keksa ayollar uchun maktab ochildi. Yoshi 60 dan oshgan o‘quvchilar alifboni va yozishni o‘rganmoqda, chunki avval ularda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Mamlakatda ayollarning 35 foizi savodsiz bo‘lib, mahalliy o‘qituvchilarning bu tashabbusi ommalashib ketdi. “Kommersant” nashri maktabdagi o‘quv jarayoni aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.

Fangan qishlog‘idagi Aajibaichi Shaala maktabi o‘quvchilarining barchasi 60 dan oshgan. Ular bolalikda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. O‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘qish va yozishni bilmaydi.

Noodatiy ta’lim muassasasini yaratish g‘oyasi mahalliy boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari jamoasiga tegishli.

Bolalarga baqirish, ularni urishish mumkin. Buvilar bilan bunday qilib bo‘lmaydi. Bu yerda chin mehr va ko‘p sabr kerak. Ba’zi ayollar yaxshi eshitmaydi yoki yaxshi ko‘rmaydi, shuning uchun ularga yaqin kelib, bir necha marta baland ovozda qayta tushuntirishga to‘g‘ri keladi.

Shitar Prikash Moro, maktab o‘qituvchisi

Maktabdagi mashg‘ulotlarda bolalarni o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlardan foydalaniladi. O‘quv qurollarini o‘quvchilarning o‘zi tayyorlaydi.

“Buvilar maktabi”da darslar kunning ikkinchi yarmida, ayollar uy ishlarini qilib bo‘lgach boshlanadi.

Aajibaichi Shaala maktabi o‘quvchisi mashg‘ulotga borishdan oldin ovqat tayyorlash uchun olov yoqmoqda.

Maktab o‘quvchilaridan biri darsga ketishdan avval nevarasini uxlatmoqda.

Maktabdagi darslar haftasiga olti kun, bir kunda esa ikki soat davom etadi.

Mening tizzalarim katta va ikki soat shunday o‘tirish men uchun qiyin. Biroq baribir darslarga boraman.

Maktab o‘quvchilaridan biri

70 yoshli Drupada Pandurangkedar keksa ayollar maktabiga boradi, uning nevarasi esa davlat boshlang‘ich maktabida o‘qiydi.

Oddiy maktabda bo‘lgani kabi Aajibaichi Shaala maktabida ham o‘quvchilar uchun belgilangan forma mavjud. Maktab o‘quvchilari mashg‘ulot vaqtida pushti sari kiyishi shart.

Hindistonda aholining savodsizligi dolzarb muammo hisoblanadi. YuNESKOning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda taxminan 287 million aholi yozish ko‘nikmalariga ega emas. Bu aholining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi.

YuNESKO ekspertlarining “Barcha uchun ta’lim” ma’ruzasida keltirilgan hisob-kitobiga ko‘ra, Hindistonda butun dunyodagi savodsiz aholining 37 foizi yashaydi.

Hindistondagi ayollarning 35 foizi, erkaklarning esa 18 foizi savodsiz hisoblanadi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, ayollar va erkaklar savodxonligi o‘rtasidagi farq mamlakatda saqlanib qolayotgan qizlarni erta turmushga berish an’anasi tufayli yuzaga kelmoqda. Balog‘atga yetmagan 12 yoshli qizlarni uzatish holatlari ham uchraydi.

Muammolar ko‘lamining kengligiga qaramasdan, Hindiston budjetining atigi 10 foizi ta’limga yo‘naltiriladi. 20 yil oldin bu ko‘rsatkich 13 foizni tashkil qilgan.

Bolaligimda maktabga bora olmaganman va bir umr savodsiz bo‘lib qoldim. Biroq men shunday o‘lishni xohlamayman. Men bu o‘tkinchi dunyoda hech bo‘lmasa o‘z ismimni yoza olishdan baxtliman.

Maktab o‘quvchisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют