» » Liga 1. Kilian Mbappening goli PSJga g‘alaba keltirdi

Liga 1. Kilian Mbappening goli PSJga g‘alaba keltirdi


16—17-fevral kunlari futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 25-turi doirasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

16-fevral, shanba kuni Leonardu Jardim qo‘l ostidagi “Monako” klubi o‘z maydonida “Nant” klubini qabul qildi.

Bellashuvning 13-daqiqasida Jelson Martinshning goli knyazlik klubiga g‘alaba keltirdi (1:0).

17-fevral, yakshanba kuni musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Parijning PSJ klubi safarda “Sent-Etyenn” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yindagi yagona golga Kilian Mbappe (73-daqiqa) mualliflik qildi (1:0).

Shu tariqa PSJ “Sent-Etyenn” klubini kichik hisobda mag‘lub etdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Liga 1

25-tur bahslari

16-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 19 Tauvin, 2:0 — 25 Balotelli.

Gollar: 1:0 — 44 Bahoken, 2:0 — 47 Fulgini, 3:0 — 90 Lopes.

Gol: 1:0 — 13 Martinsh.

17-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 2 Bashich, 1:1 — 70 Kauzak, 2:1 — 82 Brian

Gollar: 1:0 — 3 Dia, 2:0 — 69 Udin

Gol: 0:1 — 73 Mbappe.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют