» » O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni qisqartirdi

O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni qisqartirdi


O‘zbekiston 2019-yil yanvarida 71,6 ming tonna benzin ishlab chiqargan. Bu esa 2018-yilning shu davriga nisbatan benzin ishlab chiqarishning 31,8 foizga qisqarganini anglatadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2019-yil yanvar oyida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 81,7 ming tonnani tashkil qildi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘pdir.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019-yil yanvar oyida neft qazib olishni 2018-yilning shu davri bilan taqqoslaganda 5 foizga kamaytirdi - 60,6 ming tonna.

Tabiiy gaz qazib olish 2019-yil yanvarida 5,24 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga ko‘p.

O‘zbekiston 2019-yil yanvarida 185,4 ming tonnadan ortiq gaz kondensati ishlab chiqardi, bu 2018-yilga nisbatan 0,3 foizga kam.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют