» » Samarqandda YPX inspektorlari haydovchilar uchun “kofe breyk”lar tashkil etmoqda (foto)

Samarqandda YPX inspektorlari haydovchilar uchun “kofe breyk”lar tashkil etmoqda (foto)


Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan haydovchilarning hushyorligini yanada oshirish maqsadida joylarda “kofe breyk”lar tashkil etilmoqda. Bunda yo‘l harakati xavfsizligi xodimi haydovchini to‘xtatib, agar u charchagan yoki uyqusi kelayotgan bo‘lsa unga kofe yoki choy tutqazib, uning hushyorligini oshirishga harakat qilmoqda, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Mazkur ezgulik tadbiri viloyatning Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida tashkil etilib, 40 ta avtomashina haydovchilari to‘xtatilib, haydovchi va yo‘lovchilarga choy va kofe ulashildi. Transport vositalari egalari ham, yo‘lovchilar ham bundan mamnun bo‘ldi.

– Bugun transport vositalarining soni kun sayin ortib bormoqda. Ko‘rinib turibdiki ushbu o‘zgarishlar yo‘llarda harakatlanish jarayonlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Siz-u bizdan yo‘llarda harakatlanayotganda belgilangan tartib va me’yorlarga amal qilish mas’uliyati talab etiladi, – deydi viloyat IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Ravshan Nomozov. – Maqsadimiz ko‘ngilsiz voqealarning oldini olib haydovchi va yo‘lovchilarni manziliga eson-omon, sog‘-salomat yetib olishlarini ta’minlash hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют