» » Farg‘onada 50 ming so‘mlik pulni qalbakilashtirib, uni muomalaga kiritgan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘onada 50 ming so‘mlik pulni qalbakilashtirib, uni muomalaga kiritgan shaxslar qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 50 mingtalik qalbaki pul yasab, uni ishlatgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

2019-yil 13-fevral kuni fuqaro E.Z. Quva tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning savdo do‘koniga notanish shaxs kelib, 3 ming so‘mlik energetik ichimlik sotib olgan. To‘lovni 50 ming so‘mlik kupyurada amalga oshirib, 47 ming so‘m qaytim olib ketgan. Oradan biroz muddat o‘tib E.Z. bu 50 ming so‘mlik soxtaligini bilib qolgan. Qalbaki pulni bergan odamni aniqlab, qonuniy chora ko‘rishni so‘rab IIBga murojaat qilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda fuqarolar O.R., I.R. va M.A. Toshloq tumani, Zarkent qishlog‘i markazidagi kompyuter xizmati ko‘rsatish shoxobchasida joriy yil yanvarning oxiri, fevralning boshida Epson–L355 rangli printeri yordamida nusxa ko‘chirish yo‘li bilan qalbaki 50 ming so‘mlikni tayyorlashgani aniqlandi. Gumonlanuvchilar Epson–L355 rangli printerini 5-fevral kuni fuqaro Sh.G‘.ga 525 ming so‘m evaziga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshirish davomida E.Z.dan qalbaki 50 ming so‘mlik, fuqaro Sh.G‘.dan Epson–L355 rangli printeri ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha O.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют