» » Qirg‘izistonda Suriya va Iroqda jang qilish uchun odam yollash bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Suriya va Iroqda jang qilish uchun odam yollash bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi


Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari fuqarolarni yollash va Suriya hamda Iroqqa jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Xalqaro terrorchi tashkilotning 1977-yilda tug‘ilgan faol a’zosi O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida qo‘lga olindi. U Qirg‘iziston fuqarolarini Suriya va Iroqdagi qurolli mojaro hududlariga tegishli tayyorgarlikdan o‘tish, jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun yollash va jo‘natishni tashkil etgani aniqlandi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qo‘lga olinganga nisbatan “Yollash” va “Milliy, irqiy, diniy va mintaqalararo nifoq yoyishga qaratilgan faoliyat” moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Hozirda u qo‘mita hibsxonasida saqlanmoqda va tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun mamlakatdan 500 ga yaqin kishi Suriya va Iroqqa jo‘nab ketgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют