» » AQSh Yaponiyadan Nobel mukofoti uchun Tramp nomzodini ilgari surishni so‘ragan

AQSh Yaponiyadan Nobel mukofoti uchun Tramp nomzodini ilgari surishni so‘ragan


Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe AQSh prezidenti Donald Trampni “Vashington iltimosiga javoban” Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi, deya xabar beradi “Interfaks”.

AQSh hukumati 2018-yilning iyunida Tramp KXDR raisi Kim Chen In bilan uchrashuvidan so‘ng Tokiodan uning nomzodini mukofot uchun ko‘rsatishni so‘ragan.

Abe kuzda Singapurda Shimoliy Koreya bilan bo‘lib o‘tgan muloqotdan so‘ng Tramp nomzodini ko‘rsatgan. Nobel mukofoti uchun nomzodlar fevral oyigacha qabul qilingan.

Tramp Abe unga “Nobel mukofotini beradigan odamlarga” yuborgan maktubining nusxasini yuborganini aytdi.

“U shunday dedi: Men sizni Yaponiyadan nomzod qilib ko‘rsatdim, men ulardan sizga Nobel Tinchlik mukofotini topshirishni so‘radim”, — dedi AQSh rahbari, Yaponiyaning bosh vaziri unga xatni qachon yo‘llagani haqida aniq ma’lumot bermay.

Amerika prezidenti, ehtimol, hech qachon Nobel mukofoti olmasligini ta’kidladi.

AQSh va KXDRning ikkinchi sammiti 27—28-fevral kunlari Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo‘lib o‘tadi.

Norvegiya Nobel qo‘mitasi 2019-yilda ro‘yxatga 304 nafar nomzod kirganini e’lon qildi. Qo‘mitada ta’kidlanganidek, ulardan 219 nafari jismoniy, qolgan 85 tasi tashkilotlardir.

Mavzuga doir: Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga o‘zini loyiq deb topdi

Mavzuga doir: 2019-yilda tinchlik uchun Nobel mukofotiga 300 dan ko‘proq nomzod ilgari surildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют