» » G‘uzordagi cho‘kayotgan maktab o‘quvchilarining muammosi hal etildi

G‘uzordagi cho‘kayotgan maktab o‘quvchilarining muammosi hal etildi


“Daryo”da G‘uzor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-umumta’lim maktabining og‘ir ahvoli, cho‘kayotgani xususidagi maqola chop etilgach, sohaga mas’ul mutasaddilar umumta’lim maktabida bo‘lishgan. Bu haqda maktab direktori Nodira Ro‘yopova “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga ma’lum qildi.

Nodira Ro‘yopovaga ko‘ra, maktabdagi mavjud 28 ta sinf o‘quvchilari 18-fevral kunidan boshlab, maktab yonidagi G‘uzor transport kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan sinfxonalarida o‘qishini davom ettirmoqda. Maktab direktori so‘zining isboti sifatida kollej sinfxonalarida tahsil olayotgan o‘quvchilari suratini yuborgan.

“Ayni paytda kollej binosidan o‘quvchilarimiz uchun 14 ta sinfxona ajratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ikki “smena” tahsil olishi ko‘zda tutilgan, — deydi maktab direktori Nodira Ro‘yopova. – Muammoga o‘z vaqtida “labbay” deya javob bergan mas’ullarga rahmat”.

Eslatib o‘tamiz, G‘uzordagi mazkur ta’lim muassasasi 624 o‘rinli bo‘lib, maktabda 762 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют