» » BAAdagi yopiq namoyishda Aurus limuzini taqdim etildi

BAAdagi yopiq namoyishda Aurus limuzini taqdim etildi


Rossiyaning Aurus limuzini (kortej loyihasi) Amirliklarda bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2019 mudofaa xalqaro ko‘rgazmasida omma uchun yopiq bo‘lgan pavilyonda namoyish etildi. Bu haqda “Rambler/Avto” xabar berdi.

Hashamatli avtomobil ko‘rgazma mehmonlariga hozircha ko‘rsatilmaydi, biroq reportyorlar bir nechta suratni olishga muvaffaq bo‘lgan.

Limuzinning birinchi rasmiy namoyishi 18-fevral kuni o‘tkazilishi kerak.

Avvalroq rossiyalik amaldorlar ushbu avtomobilni ishlab chiqarish Amirliklarda yo‘lga qo‘yilishini qayd etgan.

Sanoat va savdo vazirligining rahbari Denis Manturov Aurusni BAAdagi “Tawazun” xoldingining ishlab chiqarish maydonlarida chiqarish mumkinligini ta’kidlagan.

Ushbu kompaniya loyihaga 110 million yevro sarmoya kiritgan va “Aurus” MChJning 30 foiz aksiyasini sotib olgan.

IDEX — BAAda qurol va harbiy texnikalarni namoyish etadigan xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi. U har ikki yilda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan dunyodagi eng nufuzli qurollar ko‘rgazmasidir. Ko‘rgazma Birlashgan Arab Amirliklari prezidentining homiyligida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют