» » Samarqandda 142 nafar bola voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelingan

Samarqandda 142 nafar bola voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelingan


Samarqand viloyat IIB hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamkorlikda bozorlarda, jamoat joylarida voyaga yetmagan yoshlarning dars mashg‘ulotlari vaqtida maqsadsiz yurish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida 16 nafar voyaga yetmagan bola viloyat IIB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markaziga olib kelindi.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, doimiy yashash joylari va o‘qish joylaridan so‘roqsiz chiqib ketgan 8 nafar yoshlar shu joyning o‘zida ota-onalari bag‘riga qaytarilgan. Qolgan 8 nafari maxsus maktab internatlariga yo‘naltirilgan. Xususan, ularning 2 nafari Samarqand shahridagi 64-sonli o‘g‘il bolalar maxsus maktab-internatiga, 2 nafari Sirdaryo viloyati Baxt shahar o‘g‘il bolalar kasb-hunar kollejiga, 1 nafari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi qiz bolalar yengil-sanoat kasb-hunar kollejiga, 3 nafari Toshkent viloyati Chinoz shahridagi 5-sonli qiz bolalar maxsus maktab-internatiga o‘qishga joylashtirilishi uchun hujjatlar tayyor bo‘lgunga qadar Markazda saqlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, 2019-yilning o‘tgan davri mobaynida Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘tgan davr mobaynida jami 142 nafar voyaga yetmaganlar markazga olib kelingan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan 2018-yilda 118 nafarni tashkil etgan. Qabul qilingan 142 nafar voyaga yetmaganlardan 2 nafari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 4-sonli qiz bolalar maxsus kasb-hunar kollejiga va 1 nafari Samarqand shahridagi 1-sonli mehribonlik uyiga joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют