» » Toshkent vokzallarida Wi-Fi o‘rnatildi

Toshkent vokzallarida Wi-Fi o‘rnatildi


“Toshkent-Markaziy” va “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzallarida tezligi  sekundiga 100 megabayt bo‘lgan bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu xizmat bosqichma-bosqich amalga oshirilib, kelgusida respublikaning barcha vokzallarda joriy etiladi.

Loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “SOLA” savdo belgisi ostida tanilgan “Asia Wireless Group” qo‘shma korxonasi bilan birgalikda amalga oshirilgan.

“Ushbu xizmat vokzal hududida joylashgan va har qanday uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar erkin foydalanishlari mumkin. Temir yo‘l chiptasi bor xorijlik sayyohlar uchun esa, maxsus vaucher hamda bepul Internetga kirish imkoni beriladi”, — deyiladi xabarda.

Wi-Fi’dan bepul foydalanish belgilangan vaqt ichida amal qiladi, so‘ng lozim bo‘lsa PayMe, Click, Paynet to‘lov tizimlari orqali kerakli pul o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi. Visa xalqaro to‘lov tizimi bilan integratsiyasi 2019 yilning o‘rtalarida joriy etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют