» » Sirdaryoga 2018-yilda 60 mln dollar xorijiy investitsiya kiritildi

Sirdaryoga 2018-yilda 60 mln dollar xorijiy investitsiya kiritildi


Sirdaryo viloyatida investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hudud aholisi bandligini ta’minlash, shu orqali daromadi yuksalishiga xizmat qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘tgan yili umumiy qiymati 94,1 million AQSh dollari, jumladan, 78,8 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga 20 ta loyiha amalga oshirildi.

Joriy yilda 25 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 3 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlanadi. Xorijiy investitsiya loyihalarining to‘liq amalga oshirilishi natijasida yillik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati 1,3 trillion so‘mga, eksport hajmi esa 33 million dollarga ortishiga erishiladi.

Masalan, Sirdaryo tumanida Xitoyning 17 million dollarlik investitsiyasi hisobiga metallni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan “Vanda group” qo‘shma korxonasi, Yangiyer shahrida Turkiyaning 65 million dollarlik investitsiya kiritishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Besler” qo‘shma korxonasi, shuningdek, Oqoltin tumanida Janubiy Koreyaning 3,8 million dollarlik investitsiyasi hisobiga momiq sochiqlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Oqoltin tekstil” qo‘shma korxonasi ishga tushiriladi.

Yana bir ma’lumot, 2018-yilda viloyatga qiymati 60 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya kiritildi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 barobar ko‘pdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют