» » Chexiyadagi o‘zbekistonliklar o‘z avtomobillariga O‘zbekiston yorliqlarini o‘rnatmoqda

Chexiyadagi o‘zbekistonliklar o‘z avtomobillariga O‘zbekiston yorliqlarini o‘rnatmoqda


Praga shahrida taksi xizmati ko‘rsatuvchi hamda o‘z shaxsiy avtomashinalari mavjud vatandoshlar O‘zbekistonning turizm brendi va aloqa ma’lumotlari tushirilgan yorliqlarni avtomashinalariga o‘rnatdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hozirgi kunga qadar ellikdan ortiq avtomashinalarga bu kabi targ‘ibot materiallari joylashtirilib, taksi xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi vatandoshlar mijozlarga O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar taqdim etilmoqda.

Chexiyadagi vatandoshlar O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish borasida yana bir qator taklif bermoqda.

– Chexiyada transport sohasida, jumladan taksi xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanaman, – deydi tadbirkor Jonibek Toirov.– Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha taklif bildirishganda imkoniyatlarimizni o‘rganib chiqdik. Targ‘ibot ishlarimiz orqali Vatanimizga foydamiz tegsa xursand bo‘lamiz.

– Chexiyada tahsil olmoqdaman, – deydi Davlatshoh Sulaymonov. – Shaxsiy avtomashinamga O‘zbekistonning turizm brendi tushirilgan yorliqlarni yopishtirib o‘zimda alohida g‘urur tuydim. O‘qishda kursdoshlarimiz va professor-o‘qituvchilarga targ‘ibot materiallarini tarqatyapmiz. Ular menga O‘zbekiston haqida juda ko‘p savollar beradi. Imkon boricha ko‘proq ma’lumot berishga harakat qilyapman. Chexiyaga vizasiz rejim joriy etilganligi ularni juda xursand qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют