» » O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov Istanbuldagi tungi klub teraktidagi aybini inkor etmoqda

O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov Istanbuldagi tungi klub teraktidagi aybini inkor etmoqda


Turkiyaning Istanbul shahridagi Reina tungi klubiga hujum qilishda ayblanayotgan Abdulqodir Masharipov jinoyatga aloqadorligini inkor etdi, deb xabar qildi Sputnik Hurriyet gazetasiga tayanib.

“Men buni sodir etmaganman. O‘sha kecha qo‘lida “Kalashnikov” avtomati bo‘lgan kishi men emasman”, — deya iqtibos keltiradi Masharipovning so‘zlaridan nashr.

Shuningdek, ayblanuvchi sud majlisida terakt sodir etilgan kundan so‘ng u televideniye xabarlaridan qidiruvga berilganini eshitib, shok holatga tushganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi “Kalashnikov” avtomati bilan qurollangan terrorchi Istanbuldagi Reina tungi klubiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘t ochgan edi. Binoda 700 dan ortiq kishi bo‘lgan. Turkiya politsiyasi xabariga ko‘ra, teraktda 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 2017-yil 16-yanvarda Istanbulning Esenyurte tumanida maxsus operatsiya natijasida gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют