» » O‘zbekiston Qirg‘izistonga “rezina” tuxum yetkazib berilgani haqidagi xabarni rad etdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga “rezina” tuxum yetkazib berilgani haqidagi xabarni rad etdi


Internetda Qirg‘izistonda “rezina” tuxum paydo bo‘lganligi haqida xabar qizg‘in muhokama qilinmoqda, deb yozadi Sputnik.

Qirg‘iziston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, pishirilgan tuxum sarig‘i “rezina” bo‘lib chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, bu tuxumlar Xitoyda ishlab chiqarilgan.

“Uyushmaga bir necha marta kelib chiqishi noma’lum va sifati qoniqarsiz bo‘lgan tuxumlar O‘zbekiston hududidan kelayotganligi haqida xabar berilgandi”, — deydi Qirg‘iziston parrandachilik uyushmasi raisi Rustam Osmonaliyev.

Uning fikriga ko‘ra, bunday holatning sababi parrandalarga beriladigan ozuqada emas. Tuxumlar muzlatgich kameralarda uzoq muddat saqlangan yoxud O‘zbekiston yoki Xitoyda sintetik yo‘l bilan ishlab chiqarilgan.

Agentlik ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasiga murojaat qilgan. Qo‘mita bu ayblovlarni rad etdi.

“2018-yil va joriy yilda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga tuxum eksport qilinmagan. Tuxum eksport qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish zarur. Shu davr mobaynida Qirg‘izistonga tuxum eksport qilish uchun ruxsatnoma olish yuzasidan murojaat qilinmagan”, — deb ta’kidladi O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasi chegara veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alijon Jo‘rayev.

Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan tuxum Afg‘oniston, Tojikiston va Eronga eksport qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga faqat kombikorm, qurt va biogumus o‘g‘it eksport qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют