» » Irlandiyada shoir Richard Merfiga tegishli bo‘lgan kimsasiz orol sotuvga qo‘yildi

Irlandiyada shoir Richard Merfiga tegishli bo‘lgan kimsasiz orol sotuvga qo‘yildi


Irlandiyada 1969-yildan 1998-yilgacha shoir Richard Merfiga tegishli bo‘lgan kimsasiz orol sotuvga qo‘yildi. Uning uchun 1,4 million dollar so‘rashmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Orolda vayronaga aylangan qadimiy ibodatxona va suv hamda elektr tarmog‘iga ega bo‘lmagan tashlandiq kottedj bor.

Orolning umumiy maydoni 80 akrga (0,324 kvadrat kilometr atrofida) teng. Uning bir boshidan ikkinchisiga borish uchun bir soatga yaqin piyoda yurish kerak. Orol Irlandiya g‘arbidagi Konnemar mintaqasidan 3,2 kilometr uzoqda joylashgan.

1969-yildan 1998-yilgacha irlandiyalik shoir Richard Merfiga tegishli bo‘lgan orolga borish uchun xaridor kater yoki vertolyot ham sotib olishiga to‘g‘ri keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют