» » O‘zbekiston Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019-yil 18-fevraldagi buyrug‘i bilan Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Davlatov Murodbek Saparbayevich tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Murodbek Davlatov 1978-yilda Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1999-yilda Urganch davlat universitetini, 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini bank ishi va moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1999 – 2007-yillarda Bog‘ot tumani banklarida va tuman moliya bo‘limlarida,

2007 – 2012-yillarda Xorazm viloyati G‘aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmalarida,

2012 — 2015-yillarda Bog‘ot tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2015 – 2017-yillarda Xorazm viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i.

2015 – 2018-yillarda Xorazm viloyati hokimligining moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i.

M. Davlatov budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yaxshi biladigan va o‘z o‘rnida hududlar moliyasi tizimini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘sha oladigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi.

Hozirgacha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Agrosanoat majmua moliyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Agrosanoat majmuining qayta ishlash va boshqa tarmoqlari moliyasi va narxlarni tartibga solish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют