» » Toshkent shahar hokimi: Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi

Toshkent shahar hokimi: Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi


Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda shahar hokimi ushbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritdi. Dastlab hokim aholining o‘z turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilishlar haqidagi fikrlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Toshkent shahar hokimi poytaxtda buzilishi ehtimoli bo‘lgan hududlardagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha axborot berdi.

Xususan, bu borada tegishli hududlarda ofislar tashkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari o‘rganilishi ma’lum qilindi. Aholining “Bizning uylarimiz buziladimi?” degan savoliga esa “Sizning roziligingizsiz bu ish amalga oshmaydi”, deya ta’kidladi Jahongir Ortiqxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют