» » Dragan Cheran “Nasaf”ga yana g‘alaba keltirdi. “Bunyodkor” esa ichki chempionatda ham ochko yo‘qotishni boshladi

Dragan Cheran “Nasaf”ga yana g‘alaba keltirdi. “Bunyodkor” esa ichki chempionatda ham ochko yo‘qotishni boshladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2-turidan joy olgan uch bellashuv 8-mart — chorshanba kuni bo‘lib o‘tgandi. Bugun — 9-mart kuni yana ikki bellashuv o‘z yakuniga yetdi.

“Olmaliq” maydoniga safar uyushtirgan mamlakat vitse-chempioni “Bunyodkor” 90 daqiqa davomida raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi — 0:0. Olmaliqliklar ilk turda Buxoroda 0:1 hisobida yengilgan bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”dan shu hisobda ustun kelgandi.

Qarshining “Nasaf” klubi esa ketma-ket ikkinchi bor 2:1 hisobida zafar quchdi. Mavsumni Qo‘qondagi g‘alaba bilan boshlagan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi, bu safar “Buxoro”ni taslim qildi.

Bellashuvda “Nasaf”ga g‘alaba keltirgan gol legioner Dragan Cheran tomonidan kiritildi. U Qo‘qonda ham o‘z nomiga gol yozib qo‘ygandi. Shuningdek, “Nasaf”ning Bahrayn chempioniga qarshi o‘yinida ham gol urishga erishgandi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
2-tur
9-mart, payshanba

Gollar: Dragan Cheran, 17 (1:0). Kirill Pasichnik, 21-avt (2:0). Ivor Veytser, 82 (2:1).

Опубликовано: admin (9-03-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют