» » Iroqlik 25 yoshli ayol birvarakayiga 7 farzandni dunyoga keltirdi

Iroqlik 25 yoshli ayol birvarakayiga 7 farzandni dunyoga keltirdi


Iroqlik 25 yoshli ayol bir kunning o‘zida 7 nafar sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Ayol olti qiz va bir o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. Chaqaloqlarning otasi Yusef Fadl uch nafar farzandi bo‘lgani sabab, juftlik boshqa farzand ko‘rishni rejalashtirmaganini, homiladorlik esa kutilmagan hol bo‘lganini tan olgan.

Shifokorlarning aytishicha, 10 farzandning onasi hozirda mutaxassislar nazorati ostida saqlanmoqda.

Birinchi marta 1997-yil Amerikaning Ayova shtatidan Kenni va Bobbi Makkogi ismli juftlik birvarakayiga yetti farzand ko‘rgani qayd etilgan edi. Ular uzoq vaqt bepushtlik bilan kurashgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют