» » Buyuk Britaniyada chaqaloq tishi bilan tug‘ildi

Buyuk Britaniyada chaqaloq tishi bilan tug‘ildi


Buyuk Britaniyada chaqaloq sut tishi bilan tug‘ildi. Bu haqda Blackpool Gazette xabar berdi.

Lankashir grafligidagi o‘n sakkiz yoshli Betani Grin 16-yanvarda qiz farzandli bo‘lgan va unga  Eyveri deb ism qo‘ygan. Ilk ko‘rik payti hamshiralar chaqaloqning milkida sut tishi borligini ko‘rgan.

Yosh ona ushbu holat bo‘yicha stomologga murojaat qilgan.

“Ular bunday holatni birinchi marta ko‘rib turganini aytdi. Uning ustiga, chaqalog‘imning tishini talabalarga ko‘rsatish uchun qabulga ham taklif qildi”, — deydi Grin.

Odatda go‘daklarda ilk sut tishi to‘rt oylik paytidan yetti oylik paytigacha bo‘lgan davrda chiqadi. Grin farzandining tishini oldirib tashlash niyati yo‘qligini ma’lum qilgan. Ammo shifokorlar u holda chaqaloqni ko‘krak suti bilan parvarishlamaslikni maslahat bergan. Grin chaqaloqni sun’iy sut bilan oziqlantirmoqchi ekanini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют