» » Buxoroda 21 — 23-fevral kunlari I Xalqaro ziyorat turizmi forumi o‘tkaziladi

Buxoroda 21 — 23-fevral kunlari I Xalqaro ziyorat turizmi forumi o‘tkaziladi


Buxoroda 21 — 23-fevral kunlari I Xalqaro ziyorat turizmi forumi o‘tkaziladi. Bu haqda “Xalq so‘zi ONLINE” xabar bermoqda.

Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, mazkur forum xorijda ham katta qiziqishga sabab bo‘lyapti. Anjumanda o‘nlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama markazida bo‘ladi. Mamlakatda turizm sohasini isloh qilish samarasi sifatida yuzaga kelgan imkoniyatlarga oid taqdimotlar uyushtiriladi. Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida muzokaralar o‘tkaziladi.

Mehmonlarning “Yetti pir” qadamjolari bo‘ylab ziyoratlarini tashkil etish, ularni Buxoroning diqqatga molik qadimiy obidalari bilan tanishtirish ham tadbir dasturidan o‘rin olgan.

Ayni vaqtda anjuman o‘tkazilishi belgilangan “Yoshlar markazi”da tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetmoqda. Bu yerda matbuot markazi ham faoliyat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют