» » O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi start oldi

O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi start oldi


Joriy yilning 18—19-fevral kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov doirasida ishtirokchilarning ishlanmalari, maket va innovatsion mahsulotlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil qilinadi.

Tanlovning birinchi bosqichida 4000 dan ziyod olima ayollar, tadqiqotchilar, iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochi, ratsionalizator, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmatsevt, mutaxassis, hunarmand hamda tadbirkor xotin-qizlar o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalari bilan ishtirok etdi.

Tanlovnining yakuniy bosqichida 300 dan ziyod ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilinadi.

Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlov g‘olibi sifatida tanlab olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют