» » Toshkentda qurilish: Yunusobod va Sergelidagi ko‘chalar ta’mirlana boshlandi. Fotoreportaj

Toshkentda qurilish: Yunusobod va Sergelidagi ko‘chalar ta’mirlana boshlandi. Fotoreportaj


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi boshqaruv kengashi tomonidan 7-mart kuni “2017-yilda Toshkent shahri tumanlarining yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishning manzilli dasturi” tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “O‘zavtoyo‘l” matbuot xizmati.

Mazkur dasturga muvofiq Toshkent shahri ko‘chalarini joriy va to‘la ta’mirlash ishlari 2017-yilning o‘zida ikki bosqichda — birinchi navbatda hamda yil davomida ta’mirlanishi zarur bo‘lgan ko‘chalar kesimida amalga oshiriladi.

“Bugungi kunda ko‘chalarning ta’miri va ulardagi infratuzilmani yaxshilash ishlari boshlangan va ular ayni kunda ham jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Ta’mir ishlari Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tizimidagi korxonalar, jumladan, “Avtomagistral”, “Toshkentko‘prik” hamda “Transyo‘lqurilish” tashkilotlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xabar berishlaricha, Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish, Moyqo‘rg‘on va Baraka ko‘chalaridagi jami 7,1 kilometr uzunlikdagi joriy ta’mirlash, Sergeli tumani Obihayot, Nilufar, Rayhon, Daryobo‘yi, Kanora ko‘chalaridagi 9,5 kilometr uzunlikda to‘la ta’mirlash ishlari boshlangan.

Toshkent shahridagi ko‘chalarning infratuzilmasini rivojlantirish va ta’mirlash maqsadlari uchun 1-bosqichda 20,6 milliard so‘m, 2-bosqichda esa 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют