» » Toshkentdagi “Beshchinor” kafesida yuz bergan yong‘in sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi “Beshchinor” kafesida yuz bergan yong‘in sababi ma’lum bo‘ldi


Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan “Beshchinor” kafesida 9-mart kuni yong‘in yuz berdi. Toshkent shahar IIBBda bo‘lgan brifingda Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ushbu yong‘in sabablariga aniqlik kiritildi.

Ertalab soat 8:48 dagi chaqiruvga asosan hodisa joyiga to‘rtta o‘t o‘chirish ekipaji yetib borib, olovni o‘chirgan. Yong‘in kafe ishchisining ehtiyotsizligi ortidan yuz bergani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ishchi qizigan qozonga yog‘ solgan va yog‘ alangalanib ketgach, uni o‘chirmoqchi bo‘lib, qozonga suv sepgan. Bu holat alanganing yanada avj olishiga, oqibatda kafening ovqat tayyorlanadigan yozgi ochiq qismidagi 80 kvadrat metr joyning yonishiga sabab bo‘lgan.

Shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan qo‘shimcha qilishlaricha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 21:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют