» » “Paxtakor” va OKMK bugun OChL guruh bosqichiga chiqish uchun safarda maydonga tushadi

“Paxtakor” va OKMK bugun OChL guruh bosqichiga chiqish uchun safarda maydonga tushadi


19-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqishda 3-saralash bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi BAAning “Al-Nasr” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ta’kidlash joiz, “Paxtakor” 12-fevral kuni o‘z maydonida Iroqning “Eyr Fors” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etib, 3-saralash bosqichiga chiqqan edi.

O‘zbekiston Kubogi sohibi Olmaliqning OKMK klubi Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov shogirdlari musobaqa 2-saralash bosqichida Tojikistonning “Istiqlol” klubini mag‘lub etgandi (4:2).

Osiyo Chempionlar Ligasi

3-saralash bosqichi

19-fevral, seshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют